Foydalanish shartlari
Saytdagi materiallar ota-onalar va hamkasblarni xabardor qilish uchun moʻljallangan va shifokor koʻrigi, tashxis hamda davolashning oʻrnini bosmaydi. Farzandingizni davolash haqidagi qarorni faqat saytdagi maʼlumotlarga asoslanib qabul qilmang.
Shoshilinch holat belgilari boʻlsa (moyakda toʻsatdan paydo boʻlgan ogʻriq, chaqaloqda yuqori harorat, siya olmaslik), darhol tibbiy yordamga murojaat qiling: 103 (tez tibbiy yordam).
Saytdagi matnlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Manbani koʻrsatgan holda va sahifaga faol havola berib iqtibos keltirish mumkin.
Materiallar qanday tayyorlanadi va yangilanadi
Barcha maqolalar, oʻquv modullari va vositalarni bolalar urologi Dr. Parviz Hojiyev yozadi. Matnlar amaldagi xalqaro tavsiyalarga (EAU/ESPU, ICCS, NICE, AAP va boshqalar) hamda taqrizdan oʻtgan nashrlarga asoslanadi; manbalar tegishli tibbiy materiallarning oxirida keltirilgan. Saytda alohida tashqi tibbiy taqrizchi yoʻq.
Tavsiyalar oʻzgarganda yoki xato aniqlanganda sahifalar qayta koʻrib chiqiladi. “Yangilangan” sanasi sahifa matni oxirgi marta oʻzgartirilgan kunni koʻrsatadi va avtomatik oʻzgarmaydi. Xato sezsangiz, WhatsAppga yozing; xavfsizlikka oid tuzatishlar birinchi navbatda kiritiladi.
Manfaatlar toʻqnashuvi: muallif Badam Medical Centerda bemorlarni qabul qiladi va tungi enurez sahifasida havolasi berilgan onlayn dasturning muallifi hisoblanadi. Saytda reklama joylashtirilmaydi.