Bolalar urologiyasiDr. Parviz Hojiyev

Belgilar boʻyicha: farzandingizda nimani payqadingiz?

Tashxis nomini bilishingiz shart emas. Payqagan belgingizni toping: uning ostida shu belgi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan kasalliklar haqida batafsil sahifalar bor.

Yorgʻoqda moyak sezilmaydi

Moyakda toʻsatdan boshlangan ogʻriq

Toʻsatdan boshlangan moyak ogʻrigʻi buralish istisno qilinmaguncha shoshilinch holat hisoblanadi. Ogʻriq oʻtib ketishini kutmang: darhol tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Tez tibbiy yordam: 103

Yorgʻoq yoki chov sohasi shishgan

Shish qattiq va ogʻriqli boʻlsa, joyiga kirmasa yoki bola qusayotgan boʻlsa, bu qisilgan chov churrasi boʻlishi mumkin: darhol tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Ogʻriqsiz, yumshoq, kun davomida kattalashib-kichrayib turadigan shish shoshilinch emas, lekin uni 1–2 hafta ichida bolalar urologiga koʻrsatish kerak. Tez tibbiy yordam: 103

Yorgʻoqda ogʻriqsiz shish yoki tugun

Oʻsmir yigitning yorgʻogʻida kengaygan tomirlar

Kertmak (sunnat terisi) orqaga surilmaydi

Kertmak orqaga surilib, joyiga qaytmayapti

Kertmak jinsiy olat boshining orqasida qisilib qolgan va joyiga qaytmayotgan boʻlsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Kuchli ogʻriq paydo boʻlishini kutmang. Tez tibbiy yordam: 103

Siydik chiqarish teshigi jinsiy olatning uchida emas

Jinsiy olat kichik koʻrinadi

Jinsiy olat qiyshiq

Xatnadan keyin muammo bor

Tunda siydigini tuta olmaydi

Kunduzi siydigini tuta olmaydi

Tez-tez siyishga boradi, lekin ishtonini hoʻl qilmaydi

Qiz bolaning ichki kiyimi hojatdan keyin hoʻl boʻladi

Isitma va siyganda achishish

Siydik yoʻllari infeksiyasi takrorlanadi

Siydikda qon koʻrinadi

Siydik oqimi sust yoki siydik tomchilab chiqadi

Yangi tugʻilgan yoki goʻdak yoshidagi oʻgʻil bolada siydik oqimi sust boʻlsa, siydik pufagi toʻlib tursa yoki isitma boʻlsa, shu kunning oʻzida shifokorga murojaat qiling.

UTTda buyrak kengaygan

UTTda yagona, kistali yoki odatiy boʻlmagan joyda joylashgan buyrak

Qorin devori yoki siydik pufagida tugʻma nuqson

Qiz bolada jinsiy lablar yopishgan, qizargan yoki ichki kiyimida qon dogʻi bor

Kindik hoʻl boʻlib turadi yoki undan ajralma keladi

Bu sahifa tashxis qoʻymaydi. Bitta belgining sabablari turlicha boʻlishi mumkin; aniq bahoni shifokor koʻrikdan keyin beradi.

WhatsApp orqali qabulga yoziling